OKMK Eron klubiga 9 to‘p farqi bilan yutqazdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining 4-turida Olmaliqning OKMK klubi safarda Eronning “Sepaxon” jamoasi bilan bahs olib borib, yirik 9:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Eron klubi vakillaridan Muhammad Javod Husaynzoda va Issa Alekasir dubl qayd etgan bo‘lsa, Farshad Ahmadzoda, Rizo Asadi, Muhammad Gorbani, Ramin Rizoyan va Shahriyor Moganlu bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

O‘yinning 65 daqiqasida “konchilar” vakili Akromjon Komilov hakam tomonidan o‘yindan chetlatildi. Komilovning qizil kartochkasidan so‘ng, tushkunlikka tushib qolgan mehmonlar qatorasiga 5 ta gol o‘tkazib yubordi. 

Shunday qilib, OKMK “C” guruhida 4-o‘rinni egallaydigan bo‘ldi. Oxirgi 2 turdagi g‘alaba ham Mirjalol Qosimov shogirdlarini guruhdan chiqishiga yetarli bo‘lmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Mirjalol Qosimov OKMK Osiyo Chempionlar ligasi Sepaxon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made