NATO Rossiyaning harbiy salohiyatidan hayiqmoqda

Olam

image

Bugunga kelib Rossiyaning harbiy qudrati sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Shvetsiya Mudofaa vazirligi qoshidagi Milliy mudofaa tadqiqot instituti tahliliga tayanib Germaniyaning Die Welt nashri xabar bermoqda.

So‘nggi yillarda Rossiya mudofaa xarajatlarini oshirib bormoqda. O‘rganilgan tadqiqotlar mamlakat bir vaqtning o‘zida “qo‘shni mintaqalarda va Suriya hamda Ukrainada harbiy harakatlarni olib borishi mumkin” deb e’tirof etilgan maqolada.

Shved mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Rossiya harbiy salohiyati bo‘yicha 2029 yilga kelib dunyoda yetakchi bo‘ladi. Yadroviy qurollar, zamonaviy raketa qurilmalari va havo hujumidan mudofaa tizimi ana shunday xulosaga sabab bo‘lgan.

Bu esa, o‘z navbatida, NATOni xavotirga solmoqda. Tashkilot bosh kotibining yordamichisi Xaynrix Brausning fikricha, Sharqiy Yevropa bundan yaxshigan aziyat chekadi.

Xususan, yadroviy qurolga ega bo‘lgan “Avangard” giperquroli, shuningdek, “Borey” va “Poseydon” sinfiga mansub suv osti kemalari Rossiyaning eng xavfli harbiy qurilmalari sifatida tan olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya NATO

Baholaganlar

500

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing