O‘lim yoqasidan qaytdim – Boris Jonson xalqqa videomurojaat qildi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga chalinib, intensiv terapiya bo‘limida yotganligida o‘limga juda yaqin borganligini ma’lum qildi. Shifoxonadan chiqqan siyosatchining videomurojaati uning Twitter’dagi uning sahifasida joylashtirilgan. 

“Bugun men shifoxonani tark etdim. U yerda bir haftacha bo‘ldim. Shu vaqt ichida milliy sog‘liqni saqlash tizimidagi xodimlar mening hayotimni saqlab qolishdi”, dedi Bosh vazir.

Jonson ayni kunlarda koronavirusga qarshi kurashayotgan Buyuk Britaniyadagi barcha tibbiyot xodimlariga chuqur minnatdorlik bildirgan. Shuningdek, unga yordam bergan shifokor va hamshiralarga nomma-nom tashakkuur izhor etgan.

Ta’kidlanishicha, Bosh vazir so‘nggi bor o‘zini kasallikka chalingani haqida ma’lum qilgan videomurojaatiga nisabatan ancha yaxshi ko‘rinishda. Hukumat rahbari hali ishga chiqmagan, uning vazifasini mamlakat TIV rahbari Dominik Raab bajarmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Boris Jonson

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing