Koronavirus sun’iy ravishda yaratilganmi?

Olam

image

Xitoyning Moskvadagi elchisi Chjan Xanxuyey koronavirus sun’iy ravishda yaratilmagani xaqida ma’lum qildi. Elchi bu haqda bugun, 24 fevral kuni matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tdi.

Hozirda virus kelib chiqishi va tarqalishi bo‘yicha turli fikrlar mavjud. Bularning orasida virus sun’iy ravishda yaratilgani haqidagi qarashlar ham keng tarqaldi. Xitoy elchisi bu haqidagi gap so‘zlarni mishmish ekanligi aytdi.

"Men sizga bu virus sun’iy ravishda yaratilmagani haqida aniq ayta olaman", dedi u matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi paydo bo‘lgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisi yangi koronavirus ekanligini aniqladi. JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy "COVID-2019" nomini berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallikka chalinganlar soni 79 561 nafarga yetdi. Virus sababli 2619 kishi vafot etdi. 25 023 kishi kasallikdan davolandi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari, 28 mamlakatda 1769 nafar odamda kasallik aniqlangan, ulardan 17 tasi bu virus sabab halok bo‘lgan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

362

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing