Andijonda gaz chaqnashidan portlash yuz berdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 aprel kuni Andijonda gaz chaqnashidan portlash yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilishlaricha, Andijon shahar 1-kichik dahada yashovchi D.P. uyi oshxonasida gaz plitasini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida, gaz plitasidan sizib chiqib, xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada D.P. va uning ikki nafar farzandi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing