OCHL: O‘zbek jamoalarining g‘alabasiz seriyasi davom etadi

Sport

image

Kecha Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi to‘rtinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi. O‘zbekistonning ikki jamoasi ham bu turda g‘alaba qozona olmadi.

Avvaliga Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z uyida Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” jamoasini qabul qildi.

Bu o‘yinda temiryo‘lchilarni g‘alabadan o‘zga natija aslo qoniqtirmasdi. Ammo Andrey Fyodorov shogirdlari kuchli raqib bilan durrang natijani qayd etdi.

Dastlab, 13-daqiqada standart vaziyatdan “Al Ittihod”ning braziliyalik legioneri Romarino hisobni ochdi. Birinchi taymning 36-daqiqasiga kelib, Temurxo‘ja Abduxoliqov muvozanatni tikladi. Tomonlar qanchalik harakat qilmasin uchrashuvda boshqa hisob o‘zgarmadi.

OCHL. 4-tur. “V” guruhi
“Lokomotiv” – “Al Ittihod” – 1:1.

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (36) – Romarino (13).

Ushbu kunda Toshkentning “Paxtakor” klubi ham o‘z o‘yinini o‘tkazdi. Safarda Qatarning “Al Sadd” klubi bilan bellashgan toshkentliklar so‘nggi daqiqadagi qo‘pol xato sabab mag‘lubiyatga uchrashdi.

O‘yinning 9-daqiqasida Xavi jarima zarbasini golga aylantirgan bo‘lsa, 30-daqiqada Yegor Krimets muvozanatni tikladi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Sherzod A’zamovning himoyada yo‘l qo‘ygan xatosi “Paxtakor”ga qimmatga tushdi. Bag‘dod Bunedja bu sovg‘adan unumli foydalanib qoldi - 2:1.  

OCHL, 4-tur. “D” guruhi
“Al Sadd” – “Paxtakor” 2:1.

Gollar: Xavi (9), Bag‘dod Bunedja (87) - Krimets (30)


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor OChL Lokomotiv

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing