Xitoyning barcha shaharlarida jamoat transporti qayta tiklanadi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasida jamoat va quruqlikdagi tranzit transporti faoliyati to‘liq tiklandi. Bu haqda kecha, 4 aprel kuni Xitoy transport vazirligi ma’lum qildi.

"Yangi koronavirus tarqalishi munosabati bilan joriy qilingan karantin bekor qilindi. 4 aprel holatiga ko‘ra, shahar va tumanlardagi barcha yer usti transporti harakati tiklandi. Shuningdek, shaharlararo tranzit qatnovlari qayta yo‘lga qo‘yildi", deyiladi vazirlik xabarida.

XXR Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida Xitoyda 30 nafar odamda COVID-19 kasalligi aniqlangan, ulardan 25 nafari xorijdan kelganlar ekanligi ma’lum qilindi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan bog‘liq 82 574 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 3 333 nafari vafot etgan, 77 160 nafari esa sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Karantin Transport

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing