Pandemiya vaqtida qanday kiyimlar kiyib yurgan ma’qul?

Salomatlik

image

Zich matodan tayyorlangan kiyimlarni kiyib yurish pandemiya vaqtida odamlarni virusdan bir muncha himoya qiladi. Bu haqda mikrobiologlar va to‘qimachilik sohasi mutaxassislari ma’lum qilishdi.

Rossiya davlat universitetining Hunarmandchilik va to‘qimachilik kafedrasi mudiri Irina Ribaulinaning so‘zlariga ko‘ra, kiyimda virus zarralarining saqlanishi matoning zichligiga bog‘liq. Mato qanchalik zich bo‘lsa, uning virus tashuvchanlik darajasi shunchalik past bo‘ladi. Jumladan, sintetik matolar yuqoridagi tarifga mos tushadi.

"Sintetik mato, satin yoki atlasdan tayyorlangan kiyimlar yuqori zichlikka ega. Trikotaj buyumlari esa aksincha, virus uchun ayni muddao. Shu o‘rinda paypoqlarni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Paypoqlar virusni tashib yurishga katta xizmat qiladi", deydi Irina.

Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, koronavirus misda to‘rt soatgacha, plastik va zanglamaydigan po‘latda uch kungacha yashashi mumkin. Bu shuni anglatadiki, SARS-CoV-2 zarralari zanjirsimon tugma (zamok) va tugmachalarga yopishishi va unda uzoq vaqt turishi mumkin. Shuning uchun mutaxassislar bunday dekor elementlari bo‘lmagan kiyimlarni tanlashni yoki ularni antiseptik vositalar bilan tozalab turishni tavsiya etyaptilar.

"Soch uchun aksesuarlar ham virus tashib yurishi ehtimoli katta. Chunki viruslar sochning o‘ziga yopishishi mumkin. Shuning uchun pandemiya paytida ularni tez-tez yuvib turish kerak. Uzun sochlarni esa yig‘ib yurish ayni muddao", deydi mutaxassis.

Sochlar borasida Moskva fizika va texnologiya instituti dotsenti Oleg Batishev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U pandemiya vaqtida sochlarni yig‘ib yurish fikriga qo‘shilishini ma’lum qildi.

"Nazariy jihatdan, ko‘z yoki og‘izga ifloslangan sochlarning tushishi  kasallik yuqtirib olishga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tashqariga chiqqanda ularni yig‘ib olish yaxshiroqdir. Ammo virusning sochlardan qo‘llarga yoki shilliq qavatiga yuqishi haqida aniq dalillar yo‘q", deydi Oleg Batishev.

Mutaxassislarning fikricha, virusdan o‘zini himoya qilishning eng yaxshi yo‘li bu uyda qolishdir. Shu yo‘l bilan odamlar o‘zgalardan virus yuqtirib olishni oldini olgan bo‘lishadi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Kiyinish

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing