Toshkentda bozor yaqinidagi yirik yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” ulgurji bozori yaqinida yirik yong‘in yuz bergani haqida xabar bergan edik. Yong‘in sexda yuz bergani taxmin qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati mazkur yong‘in yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 16 iyun kuni soat 13:53 da Toshkent shahar YOXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Bektemir tumani TXAY ko‘chasi “Ko‘klamgi vodiy” bozori oldidagi “Davru Davron Avto” MCHJga qarashli yuk tashuvchi avtomobillar avtoturargoxi hududidagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar tushgan.

Voqea joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 14:35 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida avtoturargox hududidagi 70 kv metr maydonda yog‘och quti va poddonlar yongan. Yong‘in oqibatida 3 kishi tan jarohati olib shifohonaga yuborilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Bektemir tumani

Baholaganlar

70

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing