OAV: Turkiya qo‘shinlari Idlibdagi kuzatuv punktini tark eta boshladi

Olam

image

Turkiya qo‘shinlari Hukumat kuchlari qurshovida Suriyadagi Idlib viloyatining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Az-Zurba shahridagi kuzatuv punktini tark eta boshladi. Bu haqda bugun, 10 dekabr kuni TASS nashri xabar berdi.

Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismida bir necha turk kuzatuv punktlari qolgan, ularning barchasi Suriya armiyasi tomonidan o‘rab olingan. 2018 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Sochi kelishuvlarida turkiyalik harbiylar tomonidan Suriyada 12 ta kuzatuv punktlari tashkil etilishi nazarda tutilganiga qaramay, Turkiya asosan Idlib va Aleppo viloyatlarida 50 ta mana shunday postlarni tashkil etdi, deyiladi xabarda.

Keyinchalik ularning bir nechtasi Suriya armiyasi qurshovida bo‘lganidan keyin turk askarlari tomonidan tark etishga majbur bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, turk askarlari postni bir nechta yuk mashinalarida tark etgan. Az-Zurba posti Suriya Hukumati urush boshidanoq xavfsizligini ta’minlashga intilgan strategik Aleppo-Damashq avtomagistrali yaqinida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya aerokosmik kuchlarining Suriyaning Idlib viloyatiga uyushtirgan aviazarbalari oqibatida islomiy guruhlarning 50 dan ortiq jangarisi o‘ldirilgani va o‘nlab odamlar yaralangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya Idlib

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made