OTM rektorlarini tayinlash tartibi o‘zgardi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Shavkat Mirziyoyev “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorga ko‘ra, quyidagicha tartib o‘rnatiladi:

a) oliy ta’lim muassasalarining tuzilmalari tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari (mahalliy oliy ta’lim muassasalari filiallari direktorlari) tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

b) davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining rektori (xorijiy oliy ta’lim muassasasi filialining mahalliy rektori yoki direktori, ijrochi direktori) bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

v) davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining prorektorlari (mahalliy oliy ta’lim muassasasining filiali direktori, uning o‘rinbosarlari, xorijiy oliy ta’lim muassasasi direktori o‘rinbosarlari) oliy ta’lim muassasasi rektorining tavsiyasiga asosan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bunda:

•    o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

•    yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) lavozimiga nomzod O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi;

•    ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi;

g) oliy ta’lim muassasalari:

•    huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlari, bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

•    fakultet dekanlari oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

d) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar rahbarlari oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

ye) kasb-hunar ta’limi muassasalari:

•    direktorlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

•    direktorining o‘rinbosarlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda kasb-hunar ta’limi muassasalari direktori tomonidan, shuningdek, akademik litsey direktori o‘rinbosarlari oliy ta’lim muassasasi rektori bilan kelishilgan holda akademik litsey direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM qaror

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing