Aktyor Kirk Duglas vafot etdi

Olam

image

Gollivudning mashhur aktyorlaridan biri Kirk Duglas vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li, aktyor Maykl Duglas Instagram’dagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan.

Kirk Duglas “Spartak” va “Chempion” filmlarida ijro etgan bosh qahramonlari orqali mashhurlikka erishgan. U 103 yoshida olamdan o‘tgan.

“Qattiq qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, Kirk Duglas 103 yoshida bizni tark etdi”, deb yozadi o‘g‘li Maykl Duglas.
Uning ma’lum qilishicha, otasi oltin asr kinosining afsonasi edi. U insonparvar bo‘lgan, shu sabab uzoq umr ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, Kirk Duglas 1916 yilning 9 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shtatida tug‘ilgan. “Spartak”, “Hayotga tashnalik”, “Vikinglar”, “Yomonlar va go‘zallar” kabi qator filmlarda suratga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gollivud Kirk Duglas

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing