Toshkentda bozor va bekatlar mashinalardan “tozalanadi”

Jamiyat

image

Toshkent IIBB YHXB tomonidan AutoCon-SC/M tizimlari yordamida to‘xtab turish qoidalarini buzilishi avtomatik tarzda qayd etiladi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

Toshkent shahar IIBB yaqin vaqtlarda “Chorsu” bozori, shuningdek, boshqa bozorlar va bekatlarni noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomashinalardan bo‘shatadi. 

Bu vazifa bilan yangi avtomatlashtirilgan AutoCon-SC/M majmualari shug‘ullanadi.

“Bizda muammoli ob’ektlar ro‘yxati tuzilgan. Avtomatlashtirilgan majmualar uchun barcha “to‘xtash taqiqlanadi” belgilari geolokatsiyasi bilan xaritalar belgilangan. Ular bo‘yicha ishlaydi. Biroq biz bozorlarga, ayniqsa “Chorsu” bozori va shahar markazidagi bekatlarga e’tibor qaratamiz”, deb ta’kidlagan Toshkent shahar IIBB boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A.Umarxonov.

Mashinaning old oynasida mahkamlangan videokamera 58 ta davlatning raqam belgilarini aniqlaydi va yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini avtomatik ravishda qayd etadi.

Haydovchilar tomonidan ”To‘xtash ta’qiqlanadi” belgisini inkor qilish maxsus avtomobilning shahar bo‘ylab harakatlanishi davomida qayd qilib boriladi.

Qoidabuzar to‘g‘risida ma’lumotlar onlayn tarzda YHXB kompyuter boshqaruv tizimiga kelib tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

YHXB

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing