Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovga “Dostik” ordenini topshirdi

Olam

image

Usmonov Qozog‘iston va Rossiya davlatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlangan

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboev “USM Holdings” asoschisi Alisher Usmonovni “Dostik” (Do‘stlik) ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda bugun Qozog‘istonning birinchi prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.

“Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston va Rossiya davlatlari o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun  Alisher Usmonovni 1- darajali “Dostik” (Do‘stlik) ordeni bilan taqdirladi” – deyiladi xabarda. 

Qozog‘iston respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2018 yil 19 dekabr kuni Nursulton Nazarboyev davlat Mustaqillik kuni munosabati bilan Alisher Usmonovni “Dostik” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida qarorni imzolagan edi. 

Ta’kidlanganidek, Alisher Usmonov “davlat va jamoat ishlaridagi xizmatlari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi” uchun mukofotlangan.  

Bu mukofot birinchisi emas. Bundan avval, Alisher Usmonov 2011 yilda Qozog‘istonning 2-darajali “Dostik” ordeni bilan ham taqdirlangan. Shuningdek, o‘zbekistonlik biznesmen 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made