Bodi-kamera 1 yanvardan ishlaydigan bo‘ldi - Hukumat qarori

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yil 1 iyuldan YPX xodimlari bodi-kamera bilan faoliyat olib borishi, ugbu moslamaga ega bo‘lmagan xodimlarga bo‘ysunmaslik mumkinligi haqida xabar bergan edik. Bu orada tashkiliy ishlar biroz vaqt olayotgani vaji bilan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Vazirlar Mahkamasining qarorini o‘zgartirish, bodi-kamera bilan faoliyat yuritish muddatini 1 iyuldan 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirish taklifini bergandi. 

Bugun, 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur masalaga oid barcha ma’lumotlarni o‘rganib chiqib o‘zining yangi “Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 556-sonli qarorini qabul qildi. 
Mazkur qaror talablariga ko‘ra, yo‘l patrul xizmati inspektorlarini bodi-kameralar bilan ta’minlash hamda ularni ishga tushirish muddati 2020 yilning  1 yanvariga qadar uzaytirildi. 

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4075-sonli qarorida aynan shu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda ularning ijrochilari, bu ishga mas’ullar, bajarish muddatlari belgilab berilgan. Qaror ijrosi bo‘yicha juda ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Bodi-kameralar xarid qilinadigan tashkilot aniq bo‘ldi. Endi butun diqqat-e’tibor ma’lumotlarni saqlash qurilmalarini xarid qilish, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga qaratilgan. Bu vazifaning ham asosiy qismi bajarilgan. Ertaga yo‘llarda turli kelishmovchiliklar va ziddiyatlar, baxs munozaralar kelib chiqmasligi aynan mana shu dasturiy ta’minotni to‘g‘ri va aniq ishlashiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Kezi kelganida shuni ham aytib o‘tish lozimki, har bir harakat ishtirokchisi yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘rganib, harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga o‘z xissasini qo‘shadigan bo‘lsa, bu faqat foyda keltiradi. Shu sababli biz harakat ishtirokchilaridan ortiqcha ehtiroslarga berilmasdan qoidalar talablarini bajarishlarini so‘rab qolgan bo‘lardik", deydi YHXBB matbuot xizmati vakili.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing