Qurolga doir ruxsatnomani bekor qilish uchun sabablar ko‘payadi

Jamiyat

image

Fuqaroviy va xizmat quroli muomalasi sohasidagi ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qonun hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi qonun loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi qonuni quyidagilar bilan to‘ldiriladi:

“xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga, ularning jabrlanuvchilariga berilgan himoya orderida qurol olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqni taqiqlash nazarda tutilgan hollarda (ximoya orderining amal qilishi yoki unda ko‘rsatilgan muddat davrida)”;

“fuqaroviy va xizmat quroli muomalasi sohasidagi ruxsatnomalar to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan masala hal etilgunga qadar to‘xtatib turilganda (bundan 34-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno)”;

“xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish huquqi himoya orderining amal qilishi yoki unda ko‘rsatilgan muddat davrida cheklangan hollarda, ichki ishlar organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida, keyinchalik qurol va uning o‘q-dorilari huquqbuzarlik sodir etilgan joydagi Milliy gvardiya organlariga topshirilgan holda”;

“xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning jabrlanuvchisiga berilgan himoya orderida fuqaroviy qurolga doir ruxsatnomaning amal qilishi to‘xtatib turilishi belgilanganda (himoya orderining amal qilishi yoki unda ko‘rsatilgan muddat davrida)”;

“Mazkur moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi”.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ruxsatnoma Qurol

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing