Navbat hayvonlargami? Belgiyada mushuk koronavirusga chalindi

Olam

image
Britaniya koronavirusni aniqlashda itlardan foydalanmoqchi north_east

Britaniya koronavirusni aniqlashda itlardan foydalanmoqchi

Belgiyada koronavirusining odamdan mushukka yuqishi holati qayd etildi. Bu haqda kecha, 27 mart kuni mamlakatning RTBR nashri xabar berdi.

"Liyej shahridagi veterinariya markazi mutaxassislari koronavirus tashxisi qo‘yilgan mushuk haqida xabar berdi. Kasallik uning egasi tomonidan yuqtirilgan”, deydi Koronavirus tarqalishini nazorat qilish markazi vakili Emonuyel Andre.

Ma’murlar uy hayvoni egalariga bir qator ehtiyot choralarini ko‘rishni taklif qilmoqda. Ayniqsa, hayvonlar bilan juda yaqin aloqada bo‘lishdan tiyilish tavsiya qilinmoqda.

Biroq Andre hayvonlarni kasallik tarqatuvchi sifatida ko‘rmasligini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, hayvonlardan virus yuqishi, faqatgina juda yaqin aloqa paytida sodir bo‘lishi mumkin.

"Hayvonlarga yuqumli kasallikning yuqtiruvchisi sifatida qarash uchun hech qanday sabab yo‘q", deydi markaz vakili.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belgiyada 7 284 nafar odam koronavirusga chalingani tasdiqlangan. Ularning 289 nafari vafot etgan, 858 nafari esa sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Bel'giya Hayvonlar

Baholaganlar

284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing