Ummon ko‘rfazida ikki neft tankeri torpedo hujumiga uchradi (video)

Olam

Bugun, 13 iyun kuni Ummon ko‘rfazida ikkita neft tankeri portladi va yonib ketdi. Bu haqda Eron OAV xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kema ekipaji uni tark etishga ulgurgan, hozirda ularning hayoti xavfsizlikda. Arab OAV tankerlar torpedo hujumiga uchraganini taxmin qilyapti.

Картинки по запросу Gulf of oman Two oil tankers damaged and crew

Reuters agentligi manbasi ma’lumotig ko‘ra, tankerlar Marshal orollari bayrog‘i ostida harakatlanuvchi Front Altair v Panama bayrog‘i ostida harakatlanuvchi Kokuka Courageous sifatida identifikatsiya qilingan. Livanning "Al-Mayadeen" telekanali tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Front Altair tankeri butunlay cho‘kib ketgan.

Qayd etilishicha, Kokuka Courageous'ning o‘ng borti zarar ko‘rgan. Ekipaji a’zolaridan biri yengil jarohat olgan, unga yordam ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, metanol tashiyotgan Kokuka Courageous falokat sodir bo‘lgan rayonni tark etmagan. Ta’kidlanishicha, yukning cho‘kish xavfi yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 mayida BAA qirg‘oqlari yaqinida 4ta neft tankeriga (BAA, Saudiya Arabistoni va Norvegiya) hujum uyushtirilgandi. O‘shanda BAA vakili bu hujum ortida "boshqa bir davlat" turganini iddao qilgandi.

AQSH bu hujumda Eronni ayblagan, ammo rasmiy Tehron bu hujumga aloqadorligini rad etib, jahon hamjamiyatini bu hodisani sinchiklab o‘rganishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tanker Ummon

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing