SSSRning birinchi Prezidenti shifoxonaga yotqizildi
Olam
−
26 aprel 2019
18073Sobiq SSSRning birinchi prezidenti Mixail Gorbachyov shifoxonaga yotqizilgan.
Lenta nashri xabariga ko‘ra, bu haqida SSSR birinchi Prezidenti haqidagi film koordinatori Andre Singer ma’lum qilgan. Shu sababdan Gorbachyov o‘zi haqida olingan hujjatli filmning premerasida ishtirok eta olmadi.
88 yoshli siyosatchi haqida maxsus ishlangan film – “Gorbachev bilan tanishuv” 41-Moskva xalqaro kinofestivalida taqdim etilishi kutilayotgan edi.
1990 yilning 15 martida SSSR xalq deputatlari Kengashining uchinchi kongressida Mixail Gorbachyov Sovet Ittifoqi tarixidagi birinchi va oxirgi Prezidenti etib saylangan edi.
LiveBarchasi