Abituriyentlarga imtihonga bosh kiyimda kelishiga ruxsat berildi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2020
58622020-2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etilayotgani sababli, abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka) bilan kelishlari mumkin. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, test sinovlariga pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish so‘ralgan.
Imtihonlar 2 smenada o‘tkaziladi. 1-smena soat08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena esa soat 17:00dan 20:00gacha davom etadi.
Ertalabki smenada soat 6:30 dan boshlab, ikkinchi smenada esa soat 15:30 dan boshlab sektorlarga kiritish ishlari boshlanadi.
LiveBarchasi