Bugun koronavirusdan sog‘ayganlar 100 nafardan oshib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyun kuni Navoiy viloyatining Zarafshon tuman tibbiyot birlashmasida 13 nafar, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 1 nafar,  jami 14 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shu tariqa Navoiy viloyatida bugunning o‘zida 17 nafar bemor sog‘ayib, tuzalganlar soni 167  nafarga yetdi. Hozirda viloyatda  koronavirusga chalingan 93 nafar bemor davolanmoqda.

Samarqandda bugun 9 nafar bemor sog‘ayib, infeksiyadan forig‘ bo‘lganlar soni 336 nafarga yetdi. Ayni paytda viloyatda kasallikka chalingan 45 nafar bemor davolanmoqda. 

Hozirga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 3637 nafarga yetdi. Bugunning o‘zida hozirgacha 105 kishi koronavirusdan forig‘ bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing