Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbariyatiga hukm o‘qildi

Jamiyat

image

Kecha, 19 avgust kuni Tashqi mehnat migratsiyalari masalasi agentligining sobiq xodimlariga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida quyidagilarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi

Ravshan Ibrohimov (1966 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i lavozimida ishlagan);

Ulug‘bek Nazarov (1977 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan); 

Alijon Abdullayev (1983 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish masalalari departamenti Chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lganlarni topish va ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan);

Ozod Maqsudov (1970 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Jo‘nab ketishdan oldingi moslashtirish va o‘qitish markazi direktori lavozimida ishlagan).

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orif Qilichev raisligida hamda xalq maslahatchilari X. Rixsiyeva va G. Qosimovadan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, Ravshan Ibrohimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Ulug‘bek Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari, 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Alijon Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari, 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Ozod Maqsudov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing