Namangandagi shifoxonada 43 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Bugun, 8 aprel kuni Namangan viloyatidagi shifoxonada erkak o‘zini osib, vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat 00:45 larda Chortoq tumani "O‘zbekiston" MFY O‘zbekiston ko‘chasida yashagan 43 yoshli erkak ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda Yangiqo‘rg‘on tumani markaziy shifoxonasi Hushyorlantirish bo‘limidagi darchaning temir panjarasiga o‘zini osib, vafot etgan. 

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali Yangiqo‘rg‘on tumanlararo bo‘linmasining bugun, 8 apreldagi dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro U.I.ning o‘limi "bo‘yin sohasining siqilishidan kelib chiqadigan mexanik asfiksiya, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi" oqibatida sodir bo‘lgani, uning tanasida "bo‘yin qismidagi strongulasion egat"dan boshqa tan jarohatlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.

Erkak 7 aprel kuni soat 21:58 da Hushyorlantirish bo‘limiga tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi inspektori Jo‘raboyev Tohirjon tomonidan mast holda xonadonida janjal qilganligi sababli yotqizilgan.

"Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman prokuraturasi hamda tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi", deyiladi munosabatda.

Qayd etilishicha, erkak mavsumiy ishchi bo‘lgan. U turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy ajrashmagan bo‘lsa-da, lekin 2 oydan buyon birga yashamayotgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 mart kuni Qashqadaryoda 2008 yilda tug‘ilgan bola o‘zini osib qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Hushyorlantirish joniga qasd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made