Namanganda yosh yigit qarindoshini pichoqladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 aprel kuni soat 10:00 larda Namangan shahri, “Yangi asr” mahallasida yashovchi O.M. (1995 y.t.) Namangan shahridagi chorva mollari bozorida qarindoshi M.M. (1993 y.t.) bilan o‘zaro “qarz oldi-berdi” masalasida janjallashib qolganlarida, bozordagi fuqarolar tomonidan ajratilgan.

Shunga qaramay, O.M. janjaldan so‘ng M.M.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uning orqa tomonidan hujum qilib, bir necha marotaba pichoq urgan, biroq hodisa guvohi bo‘lgan fuqarolar tomonidan ajratib qolinganligi natijasida, O.M. o‘z jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda oxiriga yetkaza olmay, hodisa joyidan qochib yashiringan. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlar natijasida, M.M.ning hayoti saqlab qolingan.

Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida Namangan shahar prokuraturasi tomonidan O.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. O.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing