Namanganda 7 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi 

Jamiyat

image

Namangan shahridagi ohak sexi 7 mlrd 56 mln so‘m so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda  Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

“O‘zenergoinspeksiya” va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan Namangan shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida A.N.ga qarashli ohak ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz hisoblagichisiz, tarmoqqa noqonuniy ravishda ulangani aniqlangan. 

“Oqibatda 4 mln 704 ming metr kub gazdan noqonuniy foydalanilgan bo‘lib, davlat manfaatlariga 7 mlrd 56 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. Ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 23 ming 520 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng”, deyiladi bu haqdagi xabarda.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida kuzatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Namangan shahri ohak tsexi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made