AQSH mavjud bo‘lmagan koronavirus bilan kurashish uchun Turkmanistonga million dollar ajratmoqda

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkmanistonga laboratoriya tizimlarini rivojlantirish, kasalliklarni aniqlash va epidemiologik nazoratni kuchaytirish uchun 920 ming dollardan ortiq yordam ko‘rsatdi. Ushbu yordamning bir qismi sifatida bemorlar bilan aloqada bo‘luvchi shifokorlarga himoya kambinzonlari yetkazib berilgan.

"Men AQSHning Ashxoboddagi elchixonasida ishlayotgan guruhimizdan juda faxrlanaman. Chunki ular Amerika fuqarolarini himoya qilish va Turkmaniston bilan birgalikda COVID-19 global pandemiyasiga qarshi kurashish uchun harakat qilmoqda", dedi AQSHning Turkmanistondagi elchisi Metyu Klimau.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi 20 yil ichida Qo‘shma Shtatlar Turkmanistonni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash uchun 201 million dollardan ko‘proq pul ajratdi. Jumladan, sog‘liqni saqlash sohasiga 21 million dollar sarmoya kiritdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus holatlari qayd etilmagan. Shunga qaramay, mamlakat rahbari ushbu virus bilan kurashishda nimadan foydalanish kerakligini ma’lum qilgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkmaniston Koronavirus

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing