Nadal va Jokovich o‘rtasidagi bahs g‘olibi aniqlandi

Sport

image

Italiya poytaxti Rim shahrida tennis bo‘yicha “Masters” turkumiga kiruvchi musobaqa nihoyasiga yetdi.

Turnirning hal qiluvchi final bosqichida ispaniyalik Rafael Nadal jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi. 

2 soat 29 daqiqa davom etgan o‘yinda Nadal raqibini 6:0, 4:6, 6:1 hisobida mag‘lub etdi va musobaqa g‘olibiga aylandi. 

Ushbu muvaffaqiyat Nadalga 1000 reyting ochkosi va 958 055 yevro mukofot puli olib keldi. E’tiborlisi Nadal o‘tgan yili ham ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis

Baholaganlar

24

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing