Nyu-Yorkdagi YTHda 4 yashar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Olam

image

Nyu-York shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 2 may kuni Bruklin tumanida yuz bergan YTHda 2015 yil 16 dekabr kuni tug‘ilgan o‘zbekistonlik E.Sh. halok bo‘lgan. U Amerikaga ota-onasi bilan borgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxona okrugi doirasidagi 35 ta shtatda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarni zarurat tug‘ilganda +1- 212 230-1341; 754-7403, 838 – 9812 telefon raqamlari yoki [email protected] elektron pochtasi orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH N'yu-York

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing