Nyu-Yorkda Sherali Jo‘rayev xotirasi uchun 2 kun Qur’on tilovat qilindi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Amerikada 5-6 sentyabr kunlari Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan Qur’on tilovat qilindi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, "Mahalla-USA" O‘zbek-Amerika jamiyati san’atkorning oilasi, yaqin qarindoshlari va muxlislariga hamdardlik va ta’ziya bildirib, maktub yo‘lladi. Tashkilot ushbu xatda o‘ziga qarashli binoda xonandaning xotirasiga bag‘ishlab 2 kun davomida soat 11:00 dan 18:00 ga qadar Qur’on tilovat qilinishini bildirgan. 

“O‘zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan taqdirlangan, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi Sherali Jo‘rayev vafot etgani munosabati bilan Nyu-York shtatidagi "Mahalla USA" O‘zbek-Amerika Jamiyati hofizning oila a’zolariga, yaqin qarindoshlarga va ko‘plab muxlislariga ta’ziya izhor etadi”, deb yoziladi xatda.

Shuningdek, "TURKSOY" tashkiloti Bosh kotibi Sulton Rayev ham xonandaning vafoti munosabati bilan ta’ziya xati yubordi. 

Eslatib o‘tamiz kecha, 6 sentyabr kuni mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham hamdardlik bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sherali Jo'raev Qur'on Mahalla-USA TURKSOY

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing