Pensiya jamg‘armasi tashkil etgan sektorga 11 mingdan ortiq murojaat kelgan

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-xollida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Pensiya jamg‘armasiga qaysi yo‘nalishlarda murojaatlar ko‘p bo‘lgani ma’lum qilindi.

O‘zA xabariga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasining Pensiyani hisoblash uslubiyatini muvofiqlashtirish va fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat O‘taganov o‘tgan yilgi murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

2017 yilda hududlarda jismoniy va yuridik shaxslar uchun ishlaydigan sektorlar tashkil etilgan edi. Ular aholi murojaatlari bilan ishlaydi.

2018 yilda sektorlarga 11 mingga yaqin murojaat bo‘lgan. Ularda asosan pensiya miqdorining kamligi, nafaqalarning vaqtida berilmasligi, ish stajining hisobga olinmasligi, pensiya olish uchun ortiqcha to‘lovlar uchun izoh so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pensiya jamg'armasi

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing