Qozog‘istonda koronavirusdan o‘lganlar 100 nafarga yetdi

Olam

image

Qozog‘istonda yana uch kishi koronavirusdan vafot etdi va mamlakatda jami qurbonlar 100 nafarga yetdi. Bu haqda Qozog‘istonda COVID-19 tarqalishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berib boriladigan sahifada xabar qilindi.

So‘nggi o‘limlar Nur-Sultonda qayd etilgan. 1946 va 1952 yillarda tug‘ilgan ikki ayol va 1963 yilda tug‘ilgan erkak virusdan vafot etgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan sutka davomida Qozog‘istonda 335 ta holatda koronavirus aniqlangan. Kunlik o‘sish 2,2 foizni tashkil qilgan. Jami kasallanganlar 15 877 nafarga yetgan. Kasallikdan sog‘ayganlar 9 902 nafarni tashkil qilyapti.

Bundan tashqari, mamlakatda umumiy statistikaga kiritilmaydigan 656 ta alomatlarsiz koronavirus yuqtirish holati aniqlangan. Qozog‘istonda bugungacha 6 831 ta holatda alomatlarsiz koronavirus aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing