Madaniyat vazirligi “Qalpoq” va “Sho‘rdanak” ijodkorlarining IIV xodimlaridan uzr so‘raganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, “Qalpoq” va “Sho‘rdanak” hajviy ko‘rsatuvi ijodkorlari YHXB xodimlari haqida tayyorlagan ko‘rsatuvi uchun ichki ishlar xodimlaridan uzr so‘ragani haqida xabar bergan edik. 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sho‘rdanak” va “Qalpoq” hajviy guruhlarining IIV xodimlari haqida qilingan yumoristik roliklar uchun kechirim so‘ragani aks etgan video ommalishb ketdi. Shu bilan birga Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali Madaniyat vaziriga “So‘z ustalari xuddi yomon ish qilib qo‘ygandek, boshini ham qilib uzr so‘rayapti. Agar kimnidir shaxsiyatiga tegishgan bo‘lsa, IIV sudga bersin. Ular o‘z ishini qilgan! Yumor qildi, kuldirdi. Endi, vrachlar, o‘qituvchilar, traktorchilar chiqadimi, “biz haqimizda askiya qilmang!” deb. “Vazirlik komissiya tuzib o‘rgansin. Axir har ikki sahna asari badiiy to‘qima-ku? Xulosasini IIVga bersin! Madaniyat vaziridan jo‘yali javob kutamiz” kabi murojaatlar yo‘llandi.

Ijodkorlarning kechirim so‘rashi bo‘yicha O‘zbekiston Madaniyat vazirligi o‘z munosabatini bildirdi. Unda Madaniyat vazirligi vaziyat yuzasidan “Sho‘rdanak” hajviya guruhining vakili bilan suhbatda bo‘lganida, bu masala yuzasidan fikr bildirishni ular istamagani qayd etilgan.

“Madaniyat vazirligi hajviya, satira, askiya borasida san’at va ijodni chegaralamaslikni ma’qullaydi. Yillar davomida hajviya orqali jamiyatdagi muammo va illatlarni yo‘q qilishga qaratilgan, bu yo‘l orqali turli soha yo‘nalishlarini isloh qilishga ham ko‘maklashilgan. Bu xuddi jurnalist va blogerlarning bir muammoni olib chiqib, uni xal etilishiga qaratilgan mavzularga o‘xshaydi. Shunday ekan, unda nima uchun bu hazillar o‘rinli qabul qilinmaydi, degan savollar ham yo‘q emas.

Agar hajviya biron bir shaxsga tegishli bo‘lib, uni kamsitilishiga qaratilgan bo‘lsa, Madaniyat vazirligi bunday ijodlarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Zero, hox xajviya, hox drama, askiya hamda satira orqali jamiyatdagi illatlarni da’volashga qaratilgan mavzular yoki voqealar namoyon etilsa, uni hech narsa bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi.

Tarixga bir nazar solsak, o‘zbek hajviy adabiyoti sermazmun tarixga egadir. Hajv, satira-voqelikni aks ettirishning alohida g‘oyaviy-badiiy prinsipi sifatida barcha sivilizatsiyalashgan xalqlar adabiyoti, shu jumladan o‘zbek xalqining ham og‘zaki va yozma ijodlarida qadimdan katta o‘rin olib kelgan. Ijtimoiy illatlarning kulgili tanqidi bo‘lgan satira o‘zbek xalq ijodida ham keng tarqalgan edi. Nasriddin afandi, Aldar ko‘sa kabi to‘qima obrazlar hajviy, milliy qahramonlar o‘z zamonasining illatlarini xalq orasida askiyalar va xajviyalar bilan namoyish etishgan. Qadimdan xalqni ichida hajviya, satira, askiya kabi yumoristik ijodlar keng tarqalib, ommalashgan.

Xullas, madaniyat va san’at sohasida cheklovlar qo‘yilsa, u hech qachon rivojlanmaydi”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, “Qalpoq” ko‘rsatuvida spirtli ichimlik ichib, avtomobil haydagan haydovchi, katta jarimadan qochib, akasining ish formasini kiyib ko‘chaga chiqqan "YHXB xodimi"ga pora bergani ko‘rsatilgan. “Sho‘rdanak” hajviy ko‘rsatuvi ijodkorlari esa YHXB xodimlari haydovchidan pul undirishga uringanini ko‘rsatgan. Shuningdek, ko‘rsatuvda haydovchi o‘t o‘chirish moslamasi va dori qutisi sotib olmagani uchun tez yordam va o‘t o‘chirish mashinasi hamrohligida yurgani kulgu ostiga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Sho'rdanak Qalpoq

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing