Yangiyo‘lda YTH natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 may kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi S.J. Cobalt rusumli avtomashinani Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining Chamanzor mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda texnik nosozligi sababli to‘xtab turgan fuqaro Sh.G. boshqaruvidagi “MAZ-509A” rusumli yuk avtomashinasining yarim tirkama bortiga urilib to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

To‘qnashuv natijasida, Cobalt  avtomashinasi yo‘lovchilari, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashagan Z.M. ismli ayol va Termiz tumanida yashagan S.X. jarohat olib voqea joyida vafot etganlar. 

Shuningdek, Cobalt  avtomashinasi haydovchisi S.J. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va uning yana 2 nafar yo‘lovchisiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing