Mun Chje In O‘zbekiston parlamentida nutq so‘zladi

Jamiyat

image

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘ldi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov martabali mehmonni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22-24 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochganini ta’kidladi. Mazkur tashrif davomida strategik hamkorlikni har tomonlama chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi. Davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 20 dan ortiq kelishuv, shuningdek, umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq 60 dan ziyod hujjatning imzolanishi davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning mustahkamligidan dalolatdir.

O‘zaro munosabatlarda parlamentlararo aloqalar ham muhim o‘rin tutadi. Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik 1995 yilda boshlangan. Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasida “Koreya – O‘zbekiston” parlament do‘stlik assotsiatsiyasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida esa, 2005 yildan buyon Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh faoliyat yuritadi.

2..JPG


2017 yilning sentyabr oyida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyun rahbarligidagi nufuzli delegatsiya mamlakatimizda mehmon bo‘ldi va parlamentimiz a’zolari bilan uchrashdi. 2018 yilning fevral oyida esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri rasmiy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘lib, tashrif yakunlari bo‘yicha Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolangan. Ayni yo‘nalishdagi hamkorlik parlamentlar o‘rtasida doimiy ishchi aloqalarni saqlab turish, tajriba almashish, turli tadbirlarda ishtirok etish imkonini berayotir.

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari oldida nutq so‘zladi. 

“O‘zbekiston pralamentida Koreya Respublikasi Prezidentiga ilk bor nutq so‘zlashga imkoniyat yaratib berilganligi uchun minnatdorlik bildiraman. Prezident Shavkat Mirziyoyev janoblari 2016 yil dekabr oyida mana shu Qonunchilik palatasi binosida bo‘lib o‘tgan qasamyod marosimida “Xalq davlat uchun emas, davlat xalq uchun xizmat qilishi kerak” deb ta’kidlagan edi. Xalqning fikri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanishish uchun “Virtual” qabulxona tashkil etilgan. 2017 yilda esa xorijiy valyuta sohasida liberallashtirish bo‘yicha choralar qabul qilindi. Hozirda esa Vazirlar Mahkamasi a’zolari parlament tasdig‘i bilan tayinlanmoqda. Xalqning fikrini hurmat qilib davlat boshqaruvini amalga oshirayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev janoblari va hurmatli parlament a’zolarining say’-harakatlariga hurmat bildiraman.

19..JPG

Men O‘zbekistonga kelayotganimda 1400 yil oldingi bir kunni yodga oldim. U qadimiy koreys davlati elchilari Samarqandga kelgan kundir. Otga yoki tuyaga minib dam olmasdan mashaqqat chekib kelishlariga ikki oycha vaqt ketgandir? Baland tog‘ tizmalari, adirlar va cho‘llardan o‘tib, qor va yomg‘irda qolib, ba’zida jazirama va sovuq bilan kurashib uzoq vaqt sarflagan bo‘lsalar kerak. Bugun siz azizlar kabi 1400 yil oldin O‘zbekistonning qadimiy ahli ham uzoqdan kelgan mehmonlarni iliq kutib olgan. Mustahkam do‘stlik va ishonch Afrosiyobning g‘arbiy devoridagi sur’atda o‘z aksini topgan. Garchi Koreya va O‘zbekiston bir biridan uzoqda bo‘lsa ham qadimiy koreys davlati davridan boshlab elchilari kelib ketadigan do‘st davlatlar bo‘lgan.

Men Koreyaning Seul shahri temiryo‘li orqali Yevroosiyo qit’asini bosib o‘tib Toshkent temiryo‘l vokzalida tushishni orzu qilaman. Ikki mamlakatning tarixiy davlatlari buyuk ipak yuli orqali aloqa qilishgani kabi 21 asrning temiripak yo‘li bo‘lmish temiryo‘li orqali ikki davlat bog‘lanib, ikki tomonning manfaatli rivqojlanishini xohlayman. Okeanga ikki davlat orqali chiqadigan O‘zbekiston xalqi yer kurrasida eng katta hisoblanmish Tinch okeaniga chiqishi, mahalliy koreys aholisi esa o‘zining ona vatani Koreya bilan kelajagini bog‘lashi mumkin. Temiryo‘l orqali ikki davlatning uchrashishi Markaziy Osiyo va tinch okeani mintaqasining kesishuvi taraqqiyotdagi yangi orzudir”, dedi Mun Chje In.

Oliy martabali mehmon insoniyat hamkorlik va muloqot orqali rivojlanib taraqqiy etib kelganini, O‘zbekistonda Sharq va G‘arb bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyat mavjudligini ta’kidladi. AKT, tibbiyot va astronomiya kabi zamonaviy fan-texnologiyalarning uzoq tarixi bevosita O‘zbekiston bilan bog‘liqligi, jumladan, Al Xorazmiy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi bobokalonlarimizning dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasini qayt etdi. Ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek yaratgan jadval Koreyaning Choson davlati davrida taqvim yaratilishiga asos bo‘lganini alohida e’tirof etdi. 

Aloqalar – bu innovatsiya va albatta taraqqiyot demakdir. O‘zbekistonning tarixi bunga eng kuchli asosdir. Men Koreyaning eski do‘st davlat – O‘zbekiston bilan aloqalari 21 asrda innovatsiya darajasiga ko‘tarilib ikki davlatning umumiy taraqqiyotga erishishiga qattiq ishonaman, – dedi Oliy martabali mehmon. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi eng yuqori ko‘rsatkich – 2,1 milliard dollarni tashkil etdi. 600 dan ortiq koreys kompaniyalarining O‘zbekistionda faoliyat yuritayotganligi aloqalar va investitsiyalarning davomiy tarzda kengayib borayotganidan dalolatdir.

Koreys xalqi O‘zbekistonni iliq birodarlik va insoniylik mehriga ega mamlakat deb hisoblaydi. 1937 yilda uzoq Sharq hududidagi mahalliy koreyslar O‘zbekistonga majburan ko‘chirilgan paytda O‘zbekiston xalqi ko‘chirish tayyorgarligi ko‘rilmagan mahalliy koreyslarni iliq qarshi oldi. Haqiqatan hayot yo‘li aniq bo‘lmagan koreys xalqiga urush qiyinchiliklari ichida yordam qo‘lini cho‘zgan O‘zbekiston xalqi sharofati bilan mahalliy koreyslar eson-omon qishdan o‘tib olib, shu yerda yangi hayotni boshlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Koreya bu yaxshilikni hech qchon esdan chiqarmaydi.

Mun Chje In mamlakatlar o‘rtasida barcha sohalar qatori madaniy aloqalar ham rivojlanayotganini e’tirof etdi. O‘zbekistonda katta shodiyona bilan nishonlanadigan Navro‘zi olam va Koreyaning yangi yili bo‘lmish “Sollal” bayramining o‘xshash tomonlari haqida to‘xtaldi 

Bu bayramlarda uylarni yig‘ishtirishadi, taomlar tayyorlashadi, yangi kiyimlar kiyishadi, qarindoshlarnikiga borishadi, bolalar kattalarga hurmat ko‘rsatib duolarini olishadi. Har yili Toshkentda mahalliy koreyslar tomonidan o‘tkaziladigan “Sollal” tadbirida O‘zbekiston xalqi koreys taomlarini tanavvul qiladi. Ikki davlat madaniyatidan zavq olinadi. Koreyada ham o‘zbekistonliklar yashaydigan joylarda Navro‘z birgalikda nishonlanib yangi bahor kutib olinadi. Ikki mamlakatning bunday o‘xshash an’naviy urf odatlarining borligi hayratlanarlidir 

O‘zbekistonning taraqqiyoti – Koreyaning taraqqiyotidir. Koreya iqtisodiy rivojlanish tajribasini albatta O‘zbekiston bilan o‘rtoqlashadi. Ikki mamlakat aloqalari inovatsiya va taraqqiyot bilan ro‘yobga chiqadi. Biz, bir birimizning devorimizga yangi hamkorlikning tarixini chizamiz. Bizning avlodlarimizga ikki mamlakatning qardoshlik munosabati abadiy meros bo‘lib qoladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing