Mudhish YTHda ayol va uning bir yoshga to‘lmagan qizi vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 aprel kuni soat 03:30 larda Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi 26 yoshli A.A. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinani Buxoro viloyatining Romitan tumani hududidagi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan fuqaro Z.Sh. boshqaruvidagi “KAMAZ” rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Nexia” avtomashinasi yo‘lovchisi S.K. ismli ayol jarohat olib voqea joyida vafot etgan hamda “Nexia”ning qolgan yo‘lovchilari, S.K.ning turmush o‘rtog‘i J.R. va 2019 yilda tug‘ilgan I.A. ismli qizi, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi Sh.S.lar kasalxonaga yotqizilgan.

Xabarda aytilishicha, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay qizaloq vafot etgan. Shuningdek “Nexia” haydovchi A.A. va yo‘lovchisi Ch.E.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing