Ro‘zador kishining og‘ziga yomg‘ir kirsa, ro‘za buziladimi?

Foydali

image

Ayni kunlarda O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kunlari davom etmoqda. Ramazon ro‘zasini tutayotganlar uchun tabiiy savol tug‘iladi: Ro‘zador kishining og‘ziga beixtiyor yomg‘ir tomchilari kirsa, uning ro‘zasi buziladimi?

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati ma’lumotlariga ko‘ra, Ro‘zador kishining og‘ziga beixtiyor yomg‘ir tomchilari yoki qor parchalari kirib, tomog‘idan o‘tsa, ro‘zasi buziladi va qazo ro‘za tutishi vojib bo‘ladi.

Bu haqda Hanafiy fiqhiy manbalarimizda shunday deyiladi: “Ro‘zadorning tomog‘iga ko‘z yoshlari, ter tomchilari, burnidan oqqan qon, yomg‘ir yoki qor yetsa, ro‘zasi buziladi. Chunki gohida og‘izni ochib, gohida yumib, tomoqqa yuqorida sanalgan narsalar ketishidan saqlanish oson. Agar mazkur narsalarni bilib turib yutsa, kaffarot vojib bo‘ladi” (“Bahrur roiq” kitobi).

”(“Inoya sharhul hidoya” kitobida esa shunday deyiladi: “Yomg‘ir va qor (tomoqdan o‘tsa ro‘zani buzishi) haqida ulamolar ixtilof qilishgan, to‘g‘rirog‘i ro‘zani buzadi. Chunki undan chodir yoki boshqa boshpana yordamida saqlanish mumkin”.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing