YeCHL formati o‘zgarishi mumkin

Sport

image

Yevropa futbol klublari assotsiatsiyasi Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasini 2024/25 mavsumdan boshlab yangicha formatda o‘tkazishni taklif qilmoqda.

ECA g‘oyasi bo‘yicha, Chempionlar ligasi – saralash bosqichi o‘tkazilmaydigan yopiq turnir bo‘lishi va bu musobaqada faqat avval muvaffaqiyatga erishgan jamoalar ishtirok etishi kerak bo‘ladi. 

Taklifga ko‘ra, uchrashuvlar dam olish kunlari o‘tkaziladi va har bir guruhda 4tadan emas, 8tadan jamoa bo‘ladi. Bu har bir jamoaga 6ta emas, 14ta uchrashuv o‘tkazish imkonini beradi.

Bu format hozircha tasdiqlangani yo‘q. Lekin yangi g‘oyalarni sinovdan o‘tkazishni xush ko‘radigan UEFA bunga befarq bo‘lmaligi mumkin. Negaki, o‘yinlar soni ikki barobardan ham ko‘payishi va o‘yinlarning dam olish kunlari o‘tkazilishi natijasida, tashkilotda YeCHL translyatsiyasini 3 milliard dollarga emas, bundan ancha baland miqdorda sotish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

EChL ECA

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing