Rossiyadagi eng yuqori ish haqlari ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hujjatida qayd etilishicha, baliqchilik sohasidagi uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha mexanikning ish o‘rni Rossiyada eng yuqori haq oladigan o‘rin ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Izvestiya" gazetasi yozmoqda. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu lavozim uchun ish haqi oyiga 430 ming rublni tashkil qiladi.

Rossiya Baliqchilik ittifoqi direktori Sergey Gudkovga ko‘ra, mexaniklarning o‘rtacha daromadi odatda 200 ming rubldan oshmaydi va reytingda ko‘rsatilgan ish haqi xodimga alohida ehtiyoj mavjud bo‘lganda va juda kamdan-kam hollarda taklif qilinishi mumkin.

Eng daromadli bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda 330 ming rubl maosh bilan ko‘mir qazib olish sohasidagi bo‘lim boshlig‘i hamda samolyot uchuvchisi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun 2018 yilda baliqchilik sohasidagi mexanikning pozitsiyasi 400 ming rubl daromad bilan shu kabi reytingda uchinchi o‘rinni egallagandi. 
Shuningdek, dori-darmon ishlab chiqaradigan korxona direktori (420 ming rubl) va konsalting kompaniyasining bosh direktori (400 ming rubl) ish haqi yuqori bo‘lganlar qatoridan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

ish haqi eng yuqori

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing