“Olmazor” metro bekati ro‘parasidagi yo‘l qisman yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenining Sergeli yunalishi qurilishi munosabati bilan bugun, 19 sentyabrdan 25 noyabriga qadar Toshkentning Chilonzor tumanidagi Gavhar ko‘chasining bir qismi, ya’ni “Olmazor” metro bekati ro‘parasidagi yo‘l qisman yopiladi.
 

Avtotransport vositalari harakati aylanma yul orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, metroning Olmazor bekatidan so‘ng, metro poyezdlari estkadalari orqali Sergeli tumaniga harakatlanadi. Uzunligi 7,1 kilometr bo‘lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi 2020 yilga qadar qurib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Sergeli metro liniyasi hozirgacha Markaziy Osiyoda qo‘llanilmagan butunlay yangicha estakada usulida qurilmoqda. Mazkur liniya ko‘priksimon tarzda quriladi, poyezdlar yer ustida harakatlanadi.

Qiziqarli yana bir jihat, bekatlar 4 vagondan iborat metro poyezdiga mo‘ljallab quriladi. Bekatlarda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus lift va eskalatorlar o‘rnatiladi.

Loyihaning umumiy qiymati 105 million dollarga teng. Loyiha doirasida 265 juft tayanch ustun va oraliq to‘sinlar o‘rnatish, 6 ta yo‘lovchi bekatini va 6 ta tashqi elektr ta’minoti stansiyasini qurish ko‘zda tutilgan.

Metroning Sergeli yo‘nalishi Chilonzor yo‘nalishining “Olmazor” bekatidan boshlanib, “Yo‘ldosh” dahasigacha bo‘lgan hududdan o‘tadi va bir kecha kunduzda 15 ming yo‘lovchini tashish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metro

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing