Putin bilan suhbatlashgan shifokorda koronavirus tasdiqlandi

Olam

image
Mansab, obro‘, lavozim tanlamas balo: Koronavirus qaysi mashhurlarga yetib bordi? north_east

Mansab, obro‘, lavozim tanlamas balo: Koronavirus qaysi mashhurlarga yetib bordi?

Bir hafta oldin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashgan shifokor Denis Protsenkoda koronavirus aniqlandi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini yaxshi his qilmoqda va Kommunarkdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Keyinchalik Protsenko o‘z tashxisini ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqladi. U o‘zini yaxshi his qilayotgani haqida ma’lum qildi. 44 yoshli shifokorning aytishicha, u o‘z idorasida izolyatsiya qilingan.

O‘tgan hafta Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kommunarkadagi shifoxonaga kelib, bosh shifokor Protsenko bilan suhbatlashgan edi. Protsenkada koronavirusni aniqlovchi test javobi ijobiy chiqqanidan so‘ng, Prezidentning matbuot kotibi Vladimir Putin muntazam ravishda koronavirus uchun tekshirilishi va hammasi yaxshi ekanligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

909

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made