XTV televizion darslar bo‘yicha axborot berdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 16 martidan maktablar karantinga yopildi va darslar to‘xtatilgandi. O‘quvchilarning darslari televizor orqali yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi. Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilar uchun tashkil qilingan televizion darslar haqida axborot berdi.

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 30 mart kunidan boshlab uchta telekanalda televizion darslar namoyish etishni boshlaydi.

Uzdigital TV MCHJ abonentlari 1-4 sinflar uchun televizion darslarni National Geography Wild kanalida, 5-8 sinflar uchun Eurosport kanalida va 9-11 sinflari uchun esa “Oxota i rыbalka” kanalida tomosha qilishlari mumkin.

Kabel televideniye hamda IP-televideniye abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar o‘rniga namoyish etilishi mumkin.

Shuningdek, videodarslar yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.

Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa, ular televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat etishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi har hafta televizion darslar efir vaqti haqidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilib boradi.

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi videodarslarni internet tarmog‘ida joylashtirib boriladi. Jumladan, videodarslar quyidagi manbalarda joylashtirib boriladi:

TASIX tarmog‘ida

https://mover.uz/channel/uzeduuz/ 

TASIX tarmog‘idan tashqarida

https://youtube.com/c/O-zbekistonRespublikasiXalqtalimivazirligi

https://t.me/uzeduonlinemaktab


Maqola muallifi

Teglar

dars

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing