Mongoliyada kuchli yer silkinishi bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 20 mart kuni Mongoliyada mahalliy vaqt bilan 11:03 da (Toshkent vaqti bilan 08:03) magnitudasi 6,0 ball bo‘lgan kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda Gonkong observatoriyasining seysmologiya tarmog‘i xabar bermoqda.

Yer qimirlashi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani chegarasida kuzatilgan. Tabiiy ofatning markazi Xami shahridan 360 kilometr shimolda bo‘lgan. Uning o‘chog‘i haqida aniq ma’lumot keltirilmagan.

Shuningdek, jabrlanganlar va vayronalar haqida ham aniq xabarlar mavjud emas.

Ma’lumot o‘rnida, 18 mart kuni ertalab AQSHning Yuta shtatida 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Birinchi yer silkinishdan so‘ng, 20 daqiqa davomida 6 ta kichik aftershoklar kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Mongoliya

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made