Monchi yozda “Arsenal”ga olib kelishi mumkin bo‘lgan 5 futbolchi

Sport

image

Ramon Monchi “Arsenal” sport direktoriga aylansa, yozda jamoaga olib kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

AS tarqatgan xabarga ko‘ra, Monchi London klubi allaqachon kelishib olgan. Nashr taxminiga ko‘ra tomonlar 3 yillik kelishuvga erishishgan. Agar voqealar rivoji shunday davom etib ispan funksioneri Angliyaga ko‘chib o‘tsa yozgi transferlar mavsumida quyidagi futbolchilarni “Arsenal”ga olib keladi.

Ular Rimning “Roma” klubidan 19 yoshli forvard Nikolo Zaniola, Ispaniyaning “Seviliya”sidan  30 yoshli Ever Banega, “Ayaks”dan 26 yoshli Nikolas Talyafiko, “Yuventus” 24 yoshli himoyachisi Daniyelo Rugani va mavsum so‘ngida erkin agentga aylanishi kutilayotgan PSJ yarimhimoyachisi Adriyen Rabolar deb hisoblanmoqda.

“Arsenal” rahbariyati bu futbochilarni qo‘lga kiritish uchun umumiy miqdorda  100 million yevrodan ortiqroq mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Ramon Monchi

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made