Koronavirusga chalinganlar faqat karantin zonasida aniqlanmoqdami? 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar karantin zonasidan tashqarida ham aniqlanmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov onlayn brifingda ma’lum qildi. 

Koronavirus infeksiyasi karantin zonasidan tashqarida, ya’ni oddiy aholi o‘rtasida ham aniqlanmoqdami deya savol berilgan.

“Ha, afsuski, ushbu kasallik aholi orasida ham oz bo‘lsa-da, uchrab turibdi. Ammo ular ham kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan yoki kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar bilan muloqotda bo‘lgan”, deya javob qaytardi mas’ul shaxs.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar 1887 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning 789 nafari sog‘aydi, bemorlarning 8 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

644

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made