Uzoq izlanishlardan so‘ng saratonga qarshi vaksina yaratildi
Salomatlik
−
04 Oktabr 2019
13483Olimlar saratonga qarshi vaksinani yaratdi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi kashfiyot saraton o‘smalariga an’anaviy ta’sir o‘tkazuvchi usul — kimyoterapiyaga zarurat qoldirmaydi. Bu haqda Rambler xabar bermoqda.
Innovatsion preparat melanomadan butunlay qutulishga yordam beradi hamda kelgusida onkokasalliklar rivojlanishiga chek qo‘yadi. Vaksina besh yil davomida yaratildi.
Ekspertlarga ko‘ra, dorivor modda xavfli o‘smalarga yengil ta’sir o‘tkazadi va bemorning kundalik turmush tarziga xalaqit bermaydi.
Ayni vaqtda vaksina samaradorligi kemiruvchilar ustida o‘tkazilgan tajribalarda o‘z tasdig‘ini topdi.
Tadqiqotchilar yaqin 5 — 10 yilda melanomadan qiynalayotgan odamlarda klinik sinov o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Agar sinovlar ijobiy yakunlansa, preparat sotuvga chiqariladi.
Ma’lumot uchun, sarton xastaligida inson organizmida xavfli o‘simta paydo bo‘ladi. Davolash jaryoni kimyoviy terapeyalardan iborat hamda juda murakkab jarayondir. Odatda saraton davosi yo‘q kasalllik sifatida tavsiflanadi.
LiveBarchasi