AQSHda favqulodda holat, Koreyadan qaytarilgan o‘zbekistonliklar – voqea-hodisalarning qisqa dayjesti

Jamiyat

image

Jahon yangiliklari

AQSH. Vashington shtati gubernatori Jey Insli koronavirus sabab shtat hududida favqulodda holat joriy etilganini e’lon qildi. Gubernator, shuningdek, davlat muassasalari va idoralariga davlat resurslaridan foydalanishni hamda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni buyurdi. Favqulodda holat, shuningdek, shtatning Milliy gvardiyasini jalb qilish imkoniyatini ham anglatadi.

Turkiya. Mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu 47 113 nafar muhojir Turkiyaning Yevropa Ittifoqi chegaralarini kesib o‘tganini bildirdi. Avvalroq Prezident Erdo‘g‘an suriyalik qochqinlar uchun Yevropa Ittifoqi bilan chegaralarini ochganini aytgan edi. Kecha, 29 fevral kuni Soylu 36 mingdan ortiq muhojir Turkiyani tark etganini ma’lum qildi.

Yaponiya. Beliz bayrog‘i ostidagi GUOXING-1 yuk kemasi Yaponiyaning Aomori prefekturasi suvlarida baliqchilar kemasi bilan to‘qnashishi oqibatida cho‘kib ketdi. Yuk kemasi ekipajining 13 a’zosi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. Ularning barcha a’zolari chet elliklardan iborat bo‘lgan. Ular orasida Xitoy, Vetnam va Filippin fuqarolari ham bor edi. Bir nafar odamni qutqarishga erishilgan.

Livan. Mamlakat armiyasining patruli Livan sharqidagi Hermel shahrida tuzoqqa tushdi. Otishmalar oqibatda bir askar halok bo‘ldi. Bu haqida Livan Mudofaa vazirligi xabar bermoqda. Voqea joyida joylashgan harbiy qismlar hujumchilarni tutib olish uchun maxsus operatsiya boshlashgani aytilmoqda.

O‘zbekiston xabarlari

2020 yilning 28 fevral kuni Qatar poytaxti Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya va AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Zalmay Xalilzod o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat, ushbu mamlakatda tinchlik siyosiy jarayonini tezroq boshlash bo‘yicha tomonlarning sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

1 mart kuni kuni Toshkent vaqti bilan soat 2:40 da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY514 reysi orqali yetib kelgan samolyotda jami 231 yo‘lovchi bo‘lgan. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan 182 nafari O‘zbekiston fuqarosi, 49 nafari xorijiy mamlakatlar fuqarosidir. Endilikda evakuatsiya qilinganlarning barchasi koronavirus O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi va ikki hafta davomida karantinda saqlanadi.

Futbol

APL. Angliya Premer-ligasi 28-turi doirasidagi “Uotford” – “Liverpul” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda kutilmagan natija qayd etildi. “Uotford” jamoasi yirik – 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Chempionatning ushbu turi doirasida o‘tkazilgan boshqa uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

“Bornmut” – “Chelsi” 2:2
“Vest Hem” – “Sauthempton” 3:1
“Nyukasl” – “Byornli” 0:0 
“Brayton” – “Kristal Pelas” 0:1

A Seriya. Italiya chempionatining 26-turi doirasida “Latsio” jamoasi “Bolonya”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “Napoli” o‘z uyida “Torino” ustidan g‘alaba qozondi - 2:1.

La Liga. Ispaniya La Ligasining 26-turida “Valensiya” o‘z maydonida “Betis”ni qabul qilib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Uchrashuv 2:1 hisob bilan yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing