Bosh prokuror o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

2018 yilning fevral oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi Farmoni bilan Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda palata Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi. 

Saidlaziz Saidkarimov 1982 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

2002 yil O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U 2002-2009 yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tizimida turli vazifalarda ishlagan.

2009-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, bugungacha Hisob palatasi raisning o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bahodir Turabov Prezident farmoni bilan birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. 

Bahodir Turabov 1972 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.

1994 yil Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi, 2000 yil Bank-moliya akademiyasini moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2007 yilda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

U 2011-2015 yillarda Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Bosh boshqarma boshlig‘i vazifasida mehnat qilgan.

2015-2017 yillarda “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 

2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori, sho‘’ba mudiri sifatida samarali mehnat qilgan.

2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida rais o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 

2019 yil sentyabrdan tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Hisob palatasi Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing