AQSH iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun 3 trillion dollar ajratildi

Olam

image

AQSHda Kongressning Vakillar palatasi mamlakat iqtisodiyotini 3 trillion dollar miqdorida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar paketini qabul qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Ushbu qonun loyihasi yangi turdagi koronavirus COVID-19 pandemiyasi davrida AQSH iqtisodiyotiga yordam ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

Hujjatga ko‘ra, mahalliy hokimiyat va shtat rahbarlariga taxminan 1 trln dollar ajratiladi. Bundan tashqari, tanqidiy sohalarda, jumladan, sog‘liqni saqlash sohasida ishlaydiganlar uchun 200 milliard dollar miqdorida fond tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu qonunga muvofiq, ishsizlik nafaqalari, koronavirus uchun testlar va ta’lim kreditlari uchun 75 milliard dollar ajratilishi rejalashtirilgan.

Hujjat Senat tomonidan ma’qullanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing