Magistraturaga topshirilgan hujjatlarni qayta tahrirlashning so‘nggi muddati belgilandi

Jamiyat

image

Magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlarga maqsadli qabulda ishtirok etish uchun hujjatlarini qayta tahrirlashga 2020 yilning 21 avgustiga qadar (21 avgust kuni ham) ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus tu’lim vazirligi xabar berdi.

2020/2021 o‘quv yilida magistraturaga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun maqsadli qabulga tanlovda ishtirok etish maqsadida hujjatlarni qayta tahrirlash tartibi quyidagicha:

1. Maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini qayta tahrirlash faqatgina magistraturaga o‘qishga kirish uchun www.magistr.edu.uz veb-platformasi orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun amalga oshiriladi. 

2. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentga o‘zi tanlagan oliy ta’lim muassasasi va mutaxassislikni o‘zgartirgan holda, maqsadli qabul belgilangan mutaxassislik bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini qayta tahrirlash huquqi beriladi. 

Bunda abituriyent quyidagi shartlarni inobatga olgan holda maqsadli qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan oliy ta’lim muassasasiga yozma ariza bilan murojaat qiladi:

•    abituriyent tegishli mutaxassislik negizidagi mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tugatgan bo‘lishi shart;

•    abituriyent kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalar safiga qabul qilingach, o‘qishni tamomlagandan so‘ng mazkur oliy ta’lim muassasasida kamida 5 yil ishlash sharti belgilangan uch tomonlama shartnomani imzolashga rozi bo‘lishi kerak.

Masalan, Termiz davlat universitetining tegishli magistratura mutaxassisligi bo‘yicha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti uchun alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichi tasdiqlangan bo‘lsa, abituriyent Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga ariza bilan murojaat qiladi.

3. Shundan so‘ng, maqsadli qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan oliy ta’lim muassasalari abituriyentlarning arizalarini umumlashtirgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qiladi.

4. Abituriyentlar arizalari va oliy ta’lim muassasalari murojaatlari asosida vazirlik texnik ishchi guruhi tomonidan magistr.edu.uz platformasidagi abituriyentlarning hujjatlari tahrirlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM magistratura

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing