Qozog‘istondan kelgan 1,1 ming o‘zbekistonlik harbiy nazoratda karantinga joylashtirildi

Jamiyat

image

Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi Qozog‘istondan kelgan 1157 nafar o‘zbekistonlikni xavfsizligini ta’minlashga jalb qilindi.

Joriy yilning 25 mart kuni 1157 nafar O‘zbekiston fuqarosi temir yo‘l orqali Qozog‘iston Respublikasidan Samarqand shahriga olib kelindi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonliklar qisqa fursatda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda soha mutaxassislari tomonidan Samarqand shahrida vaqtincha tashkil etilgan karantin maskaniga joylashtirildi.

30 ga yaqin shifokor tomonidan sog‘lig‘i tekshirilgan yigit-qizlar, ayollar hamda bolalar o‘zlari uchun ajratilgan hamda dizenfeksiya qilingan xonalarga joylashtirildi. 

Karantindagi fuqarolarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan patrullik qo‘riqlovi tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made